Uchtepa tumaniga yangi hokim tayinlandi

eʼlon qilindi
Shu kungacha u bank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahar Uchtepa tumaniga Mamadjanov Bunyod hokim etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bunyod Mamadjanov 1985-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2008-yilda Toshkent moliya institutini magistrlik darajasi bilan tamomlagan. U 2020-yildan hozirgi vaqtga qadar «Asakabank» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Muzrabot tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek