Oʻzbekistonliklar Rossiyaning «Avtovaz» korxonasiga ishga taklif qilinmoqda
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Ish haqi 55 ming rublni ($600) tashkil qiladi
Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyaning «Avtovaz» korxonasiga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ish turi avtomobilsozlik boʻlib, ish haqi 55 ming rublni ($600) tashkil qiladi. Nomzodlarga 18 – 55 yosh, rus tilini bilish, sudlanmagan, xorijga chiqish taqiqlanmagan talablari qoʻyilgan.
Ish beruvchi hisobidan yotoqxona va transport xarajatlari qoplab beriladi. Roʻyxatdan oʻtish uchun havola.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan oʻzbekistonliklar Xorvatiyaga ish taklif qilinayotgani haqida xabar bergan edi.