Gazprom O‘zbekistonda yonilg‘i quyish shoxobchalarini ochmoqchi

eʼlon qilindi
Bu haqda kompaniya rahbari Aleksandr Dyukov ma’lum qildi
Rasm: Gazprom

«Gazprom Neft» rahbari Aleksandr Dyukov kompaniyaning O‘zbekistonda yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini qurish haqida ma’lum qildi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

«Hozirda O‘zbekistonda yana bir qator loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini, jumladan, o‘z brendimiz ostida avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini barpo etish masalasini muhokama qilmoqdamiz», deya ta’kidladi kompaniyasi rahbari.

Bundan tashqari, kompaniya O‘zbekiston bilan uglevodorodlarni qidirish va qazib olish texnologiyalari sohasida hamkorlikni davom ettirish niyatida.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Gazprom va Qozog‘iston O‘zbekistonga gaz yetkazib berishga kelishib olishgani haqida yozgan edi.

Shuningdek