UzAuto Motors Tbilisida yangi dilerlik markazini ochdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Foto: UzAuto Motors matbuot xizmati

UzAuto Motors Tbilisida Chevrolet brendi ostida yangi dilerlik markazini ochdi hamda rasmiy sotuvlarga start berdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.  

Ma’lum qilinishicha, kompaniyaning Gruziyadagi rasmiy dileri «Strada Motors» MChJ bo‘ldi. Jamiyat Chevrolet avtomobillarini sotish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha barcha xizmatlarni taqdim etadi.

«Chevrolet brendining mahalliy bozorga kirib kelishi Gruziya yo‘llari uchun mos avtomobillarni xarid qilish imkonini berib, haydovchilarga mamlakat bo‘ylab qulay harakatlanishni ta’minlaydi», deydi «Strada Motors» MChJ bosh direktori Zurab Gvazava.

Joriy yilning 25-avgust kuni Chevrolet avtomobillarining birinchi partiyasi Asakadagi zavoddan Gruziyaga jo‘nab ketgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Raqobat qo‘mitasi UzAuto Motors nisbatan ish qoʻzgʻatilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek