Xitoyning yadroviy suvosti kemasi cho‘kib ketdi — WSJ

eʼlon qilindi
Suvosti kemasi oxirgi marta may oyining oxirida Yanszi daryosidagi iskalada ko‘rilgan.
Foto: AP Photo / Mark Schiefelbein

2024-yilning may oyi oxiri iyun oyining boshlarida Xitoydagi eng yangi atom suvosti kemasi chokkani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Chjou tipidagi suvosti kemasi o‘z turidagi birinchi suvosti kemasi hisoblanadi. Ushbu kema Vuachang kemasozlik zavodida China State Shipbuilding Corp tomonidan yasalgan.

Planet Labs sun’iy yo‘ldosh suratlariga tayanilsa, suvosti kemasi oxirgi marta may oyining oxirida Yanszi daryosida ko‘ringan.

Shundan so‘ng, iyun oyi boshida kemani daryo tubidan ko‘tarish uchun kranlar cho‘kish joyiga yetib kelgan. Mazkur holat Xitoy rasmiylari tomonidan sir saqlangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoy 70 yil deganda pensiya yoshini ko‘tarishni reja qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek