Oʻzbekiston Dubay shahrida savdo uylarini ochishni rejalashtirmoqda
eʼlon qilindi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Dubay o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Oʻzbekiston Birlashgan Arab Amirliklarida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi shourumlar va savdo uylarini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
27-sentabr kuni boʻlib oʻtgan forumda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Dubay oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, tomonlar yashil energiya, qishloq xoʻjaligi, turizm infratuzilmasi, transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni ham muhokama qildi.
Shu bilan birga, tomonlar qishloq xoʻjaligi sohasida qoʻshma korxonalar yaratish, BAA va Fors koʻrfazi mamlakatlariga mahalliy mahsulotlar eksportini yoʻlga qoʻyishga kelishib oldi.
Avvalroq Xitoyda Oʻzbekistonning 21 ta savdo uyi ochilishi haqida xabar bergan edi.