«Hizbulloh» yangi yetakchini tanladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Rasm: Vikipediya

«Hizbullo» sho‘ro kengashi Isroil hujumidan halok bo‘lgan Hasan Nasrullohning o‘rnini egalladi. Tashkilotning yangi bosh kotibi tashkilot ijroiya kengashi rahbari Hoshim Safi ad-Din bo‘ldi, deb yozadi «Al-Hadath» harakatning o‘z manbalariga tayanib.

Hoshim Safi ad-Din – Nasrolaning amakivachchasi. Uning o‘g‘li Reza 2020-yilda Amerikaning Iroqqa hujumi paytida halok bo‘lgan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining Quds maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniyning qiziga uylangan.

Nasrulloh 2008-yildayoq o‘zi halok bo‘lgan taqdirda amakivachchasini voris sifatida tayinlaganini ma’lum qilgan.

«Hizbulloh»ning yangi rahbari Isroil tomonidan yo‘q qilingan harakat yetakchisidan ko‘ra ko‘proq Eron tarafdori hisoblanadi. U 1982-yilda tashkilotning boshida turgan va uzoq yillar Nasrulloh bilan birga ishlagan.

Shuningdek