Meta rahbari Sukerberg tobora boyimoqda

eʼlon qilindi
«Metaolam» rivojiga bo‘lgan e’tibor tufayli
Rasm: Showmetech

Amerikaning «Meta» texnologik giganti rahbari Mark Sukerbergning boyligi so‘nggi ikki yil ichida deyarli olti baravar oshdi. Tadbirkor boyib bormoqda, chunki uning kompaniyasining aksiyalari qimmatlashmoqda, deb xabar berdi Bloomberg yangiliklar portali.

Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Sukerberg hozirda $201 milliard dollar boylikka ega. U dunyo bo‘yicha boylik miqdori jihatidan to‘rtinchi o‘rinda turadi. Meta rahbaridan oldinda SpaceX va Tesla kompaniyalari boshqaruvchisi Ilon Mask, Amazon asoschisi Jeff Bezos hamda yagona amerikalik bo‘lmagan shaxs – Fransiyaning Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyasi bosh direktori Bernard Arno turibdi.

Sukerberg Meta aksiyalari narxining oshishi tufayli shaxsiy farovonligining o‘sishiga erishishga muvaffaq bo‘ldi. Faqat shu yilning o‘zida ular 60 foizga qimmatlashdi. Jurnalistlarning ta’kidlashicha, bu kompaniyaning o‘z «metaolamini» (foydalanuvchilar bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘lishlari mumkin bo‘lgan virtual makon) rivojlantirishga intilishi tufayli sodir bo‘lgan. Dastlabki skeptitsizmga qaramay, oxir-oqibat sarmoyadorlar bu g‘oyaga ishonishdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Meta Sukerbergga $700 millionlik dividendlar to‘lashi haqida yozgan edi.

Shuningdek