Alisher Qodirov ayollarni armiyaga chaqirishni taklif qildi

eʼlon qilindi
“Milliy tiklanish” DP rahbari bu milliy qadriyatlarga zid emas, deb hisoblamoqda
Foto: Alisher Qodirov / Telegram kanal

Ayollarga ham armiyada xizmat qilish huquqi berilishi kerak, dedi «Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov MY5 telekanalida bo‘lib o‘tgan saylovoldi debatlari chog‘ida.

«Vatanni himoya qilishda «erkak» yoki «ayol» tushunchalari bo‘lmaydi», dedi Qodirov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu milliy qadriyatlarga zid emas.

Bundan oldin partiya yetakchisi oliy ma’lumot olishni istamagan barcha erkaklarni armiyaga chaqirishni taklif qilgan edi. U bu fikrni yoshlarni harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi qadriyatlari bilan asoslab berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Qodirov Toshkentdagi maktablardan birida rusiyzabon bolani kaltaklash voqeasini izohlab, Rossiyaga «ichki ishlari bilan shug‘ullanishni» maslahat bergani haqida yozgan edi.

Shuningdek