Nepaldagi toshqin va koʻchkilar 148 kishining hayotiga zomin boʻldi

eʼlon qilindi
Kuchli yomg‘irdan Katmandu shahri eng ko‘p jabr ko‘rdi
Foto: EPA

Nepalda suv toshqinlari sabab 148 kishi halok boʻldi va 59 kishi bedarak yoʻqoldi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, kuchli yomgʻirdan Katmandu shahri eng koʻp jabr koʻrdi, shaharda soʻnggi ikki kun ichida 73 kishi halok boʻldi.

Shuningdek, suv toshqinlari oqibatida 60 kishi tan jarohati oldi, 3,6 mingdan ortiq fuqarolar xavfsiz joylarga koʻchirildi. Noqulay ob-havo tufayli 320 dan ortiq uylar vayron boʻlgan boʻlgan. 16 ta koʻprik katta zarar koʻrgan, bu esa bir qancha muhim transport yoʻnalishlarida harakatlanishning toʻxtab qolishiga olib keldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Vyetnamda yuzaga kelgan «Yagi» toʻfoni natijasida vafot etganlar soni 143 nafar, bedarak yoʻqolganlar soni esa 58 kishiga yetgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek