O‘zbekistonlik xokkeychilar ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadilar
eʼlon qilindi
Jahon chempionatiga Armaniston mezbonlik qiladi
Xokkey boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ilk bor 2025-yil Armanistonda boʻlib oʻtadigan jahon chempionatida ishtirok etadi. Bu haqda Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi ma’lum qildi.
O‘zbekistonlik xokkeychilar to‘rtinchi diviziondagi raqiblari bilan kuch sinashadi. Unga Armaniston, Eron, Kuvayt, Malayziya va Indoneziya terma jamoalari kiradi.
Kelasi yilda o‘zbekistonlik o‘smirlar ham Tailand mezbonlik qiladigan jahon musobaqalarida debyut qiladilar.
Yosh xokkeychilar Bosniya va Gersegovina, Turkmaniston, Tailand, JAR va Lyuksemburgga qarshi bahs olib boradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston Respublikasida xokkey klublari va tashkilotlaridan olinadigan daromad solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytirilishi haqida yozgan edi.