Shavkat Umurzoqov yangi lavozimga tayinlandi

eʼlon qilindi
Ayni paytda u Toshkent shahar hokimi bo‘lib ishlamoqda
Foto: Facebook.com

Shavkat Umurzoqov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi raisi etib tayinlandi. Uning nomzodi Toshkent shahar sport boshqarmasi, sport maktablari vakillari va murabbiylar ishtirokidagi yig‘ilishda ma’qullandi.

Yig‘ilish davomida, shuningdek, shahar bo‘limining yangi rahbariyati, jumladan, rais o‘rinbosarlari, ijrochi direktor va kotib saylandi.

Shavkat Umurzoqov bunga qadar 2018 – 2023-yillarda UzAutoMotors kompaniyasi boshqaruv raisi, 2024-yildan esa Toshkent shahar hokimi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Komil Allamjonov Prezident administratsiyasidagi lavozimidan ozod etilgan edi.

Shuningdek