O‘zbekistonga Qirg‘izistonning to‘rtta pansionati berildi

eʼlon qilindi
Obyektlarga egalik huquqi Qirg‘izistondan O‘zbekistonga o‘tkaziladi
Foto: Yuri_D3 / depositphotos

O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston hukumatlari o‘rtasida Issiqko‘l viloyatida joylashgan kurort va dam olish maskanlari to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Mazkur hujjat ko‘l qirg‘og‘ida joylashgan rekreatsiya zonalariga egalik huquqini tartibga solish, shuningdek, ularning keyingi faoliyatini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.

Qayd etilishicha, hujjatda «Markaziy Osiyoning oltin qumlari» (sobiq «Bosteri»), «Rohat-NBU» (sobiq «Raxat»), «Dilorom» (sobiq «Enesay»), shuningdek, qurilishi tugallanmagan «Bo‘ston» pansionatlari qayd etilgan.

Endilikda ushbu obyektlarga egalik huquqi Qirg‘izistondan O‘zbekistonga o‘tkaziladi.

«Toshkent mexanika zavodi» aksiyadorlik jamiyatiga «Markaziy Osiyoning oltin qumlari» pansionati, Milliy bankka «Rohat-NBU» uyi, «Asakabank»ga «Dilorom» pansionati, «O‘zsanoatqurilishbank»ga «Bo‘ston» pansionatiga nisbatan mulk huquqini amalga oshirish uchun vakolatlar beriladi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida ikkita bitim imzolangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek