Yandex Go Urganchda ovqat buyurtma qilish xizmatini ishga tushirdi

eʼlon qilindi
O‘rtacha yetkazib berish vaqti — taxminan 30 daqiqani tashkil qiladi
Foto: Yandex

Yandex Go Urganchda ovqat buyurtma qilish xizmatini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistan’ga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ilova foydalanuvchilari shahar xizmatiga qo‘shilgan 20 dan ortiq restoranlaridan taomlar buyurtma qilishlari mumkin. Ushbu ro‘yxatga Evos, Feed up, Oqtepa
lavash, Garaj burger, Vanilla va boshqalar kiradi. Hamkorlar ro‘yxati kengayib
boradi, shu bilan birga buyurtma qilish mumkin bo‘lgan taomlar turi ham ko‘payadi.

O‘rtacha yetkazib berish vaqti — taxminan 30 daqiqani tashkil qiladi. Yetkazib berish hamkor kompaniyalarning kuryerlari tomonidan ham, restoranlarning o‘z kuryerlari tomonidan ham amalga oshiriladi. Olis hududlarga buyurtmalarni avtomobillarda yetkaziladi.

Xizmat 24 soatlik yordam xizmatini taklif qiladi. Savollar yoki buyurtmadan norozi bo‘lgan foydalanuvchilar ilova orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi. Buyurtmani bank kartasi yoki naqd pul bilan to‘lash mumkin. Urganchda ishga tushish munosabati bilan dastlabki uch oy ichida barcha buyurtmalarga bepul yetkazib berish taklif etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yandex Go xizmati rebrending qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek