UzAirways nafaqa yoshidagilar uchun 15% chegirma e’lon qildi

eʼlon qilindi
Aksiya 2024-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha amalga oshiriladigan barcha ichki reyslar uchun
Foto: Uzairways.com

«Uzbekistan airways» turizm oyligi munosabati bilan 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollar uchun ekonom-klass chiptalariga 15 foizgacha chegirma e’lon qildi. Bu haqda kompaniya natbuot xizmati ma’lum qildi.

Aksiya 2024-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha amalga oshiriladigan barcha ichki reyslarda amal qiladi.

Chegirmadan foydalanish uchun chipta sotib olayotganda O‘zbekiston fuqarosining pasporti yoki ID kartasini ko‘rsatish lozim. Chiptalarni aviakompaniya ofislarida, rasmiy agentlar yoki kompaniya veb-saytida xarid qilish mumkin.

Chegirma faqat ekonom-klassdagi tariflarga taalluqli bo‘lib va soliq va boshqa yig‘imlarni o‘z ichiga olmaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Toshkent – Urganch – Toshkent yoʻnalishida qo‘shimcha aviareyslar yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek