Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyatning yomonlashuvidan xavotirda – TIV

eʼlon qilindi
Mojaroni xalqaro normalar va BMT Xavfsizlik Kengashi qarorlari asosida tinch yoʻl bilan hal etish zarurligi qayd etildi
Foto: Reuters

Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat shiddat bilan keskinlashayotganidan chuqur xavotirdaligini bildiradi, deya xabar bermoqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi.

Mojaroning yanada kuchayishi mintaqadagi xatarlar va xavfsizlikka tahdidlarning misli koʻrilmagan darajada oshishiga, butun xalqaro hamjamiyat uchun oldindan aytib boʻlmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi.

«Biz qarama-qarshi tomonlarni vazminlikka va keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlardan tiyilishga chaqiramiz», – deyiladi xabarda.

Shuningdek, mojaroni xalqaro normalar va BMT Xavfsizlik Kengashi qarorlari asosida tinch yoʻl bilan hal etish boʻyicha shoshilinch choralar koʻrish zarurligi qayd etildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Isroil Eronning raketa hujumi uchun javob berishi kerakligini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek