YouTube’da Shorts videolar davomiyligi uch daqiqagacha oshiriladi

eʼlon qilindi
Qisqa videolarda likelar soni uzun videolarga nisbatan ikki barobarga ko‘proq
Foto: prykhodov / depositphotos

Joriy yilning 15-oktabridan boshlab YouTube’da Shorts (qisqa) videolarining maksimal davomiyligi bir daqiqadan uch daqiqagacha oshiriladi. Bu haqda platformaning rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, YouTube’dagi ushbu o‘zgarishlar ilgari yuklangan videolarga taalluqli emas. Bundan tashqari, foydalanuvchilar qisqa videolar ko‘rishni vaqtincha cheklash uchun «Show less Shorts» funksiyasidan foydalanishlari ham mumkin.

Ma’lumot uchun, YouTube 2021-yilda TikTok’ga javoban Shorts xizmatini ishga tushirgan edi.

Techreport portalining ma’lumotlariga qaraganda, Shorts videolar uzun videolarga nisbatan ko‘proq foydalanuvchilarni jalb qilmoqda. Hisob-kitob natijalariga ko‘ra, qisqa videolarda layklar soni uzun videolarga nisbatan ikki barobarga ko‘proq.  

Avvalroq Kursiv Uzbekistan YouTube sun’iy intellekt orqali Inspiration sahifasi yordamida roliklar uchun g‘oyalar, dublyaj va video yaratish imkonini berishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek