Uzbekistan Airways Goaga muntazam reyslarni yoʻlga qoʻyadi

eʼlon qilindi
Ekonom-klassdagi chiptalar narxi 3,6 million soʻmdan, biznes uchun esa 6,7 ​​million soʻmdan boshlanadi
Foto: UzAirways

27-oktabrdan Uzbekistan Airways Goa shahriga muntazam reyslarni yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Parvozlar haftasiga ikki marta – chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Ekonom-klassdagi chiptalar narxi 3,6 million soʻmdan, biznes uchun esa 6,7 ​​million soʻmdan boshlanadi. Toshkentdan Goaga parvoz davomiyligi taxminan toʻrt soatni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, Goa – Hindistonning gʻarbiy qismida joylashib, Arabiston dengizi qirgʻoqlari bilan tutashgan shtat hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv UzAirways nafaqa yoshidagilar uchun 15 foiz chegirma e’lon qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek