Qozog‘istonda AES bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tmoqda

eʼlon qilindi
Uchastkalar soat 20:00 gacha ochiq
Foto: Unsplash

6-oktabr kuni Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tmoqda. Uchastkalar respublika bo‘ylab va Qozog‘iston diplomatik vakolatxonalarida soat 20:00 gacha ochiq.

O‘zbekistonda saylov uchastkasi Qozog‘iston Respublikasining Toshkentdagi elchixonasida faoliyat yuritadi. Birinchi bo‘lib qo‘shni davlat fuqarolari mamlakatimizda ertalabki soat 7 da ovoz berishdi.

Video: O‘zbekistondagi Qozog‘iston elchixonasi

Byulletenda ikkita javob varianti bilan bitta savol bo‘ladi: «ha, roziman» va «yo‘q, rozimasman». Referendum 50 foizdan ortiq kishi qatnashgan taqdirda o‘tkazilgan deb e’tirof etiladi.

AES qurilishi bo‘yicha referendumni tashkil etish uchun Qozog‘iston hukumati 15,5 milliard tenge yoki $31,9 mln ajratdi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda elektr stansiyasini qurish bilan Xitoyning CNNC, Janubiy Koreyaning KHNP va Rossiyaning «Rosatom» kompaniyalari qiziqmoqda. AESni Olmaota viloyatida qurish rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda birinchi AES qanday qurilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek