Ishga 1 soat kechroq kelishi va 1 soat oldin ketishini qonunchilikda belgilashni taklif qilganmiz – Oʻzbekiston XDP

eʼlon qilindi
Ishchilar uchun xavfsiz, sog‘lom va munosib mehnat sharoitlarini yaratishdir
Rasm: Xalq demokratik partiyasi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) vakili Malika Qodirxonova Saylovoldi dasturida ishchi xodimlar uchun noqulay ob-havo vaqtida ish soatini kamaytirish bo‘yicha taklif bilan chiqdi.

«Biz Saylovoldi dasturimizda anomal issiq va sovuq vaqtlarda ishchi xodimlarning ish haqi saqlangan holda ishga 1 soat kechroq kelishi va 1 soat oldin ketishini qonunchilikda belgilashni taklif qilganmiz», – deydi partiya spikeri.

Deputatning ta’kidlashicha, partiyaning asosiy maqsadlaridan biri ishchilar uchun xavfsiz, sog‘lom va munosib mehnat sharoitlarini yaratishdir.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi spikeri Dilmurod Ismailov partiya Saylovoldi dasturiga kiritilgan muhim takliflar haqida yozgan edi.

Shuningdek