Braziliya futzal bo‘yicha jahon chempioni

eʼlon qilindi
2:1 hisobida
Foto: UFA

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan futzal bo‘yicha jahon chempionatining final bellashuvida Braziliya Argentina ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Toshkent shahridagi «Humo» arenasida o‘tgan uchrashuvning 1-taym 6-daqiqasida Ferrao Argentina darvozasini ishg‘ol qildi. 13-daqiqada esa Rafa Santos hisobni 2:0 ga o‘zgartirdi.

2-taymning so‘nggi daqiqalarida Argentina vakili Matias Rosa hisobni qisqartirdi.

Braziliya o‘z tarixida oltinchi marotaba jahon chempioniga aylandi.

Uchinchi o‘rin uchun bahsda Ukraina Fransiyani 7:1 hisobida tor-mor qildi. Ukraina ilk bor mundialda medallarga sazovor bo‘ldi.

1-taymda Ihor Cherniavsiy hisobni Ukraina foydasiga o‘zgartirdi. 2-taymda esa Rostislav Semenchenko hisobni 2:0 ga o‘zgartirdi. Ayub Saadaoui hisobni 2:1 qisqartirdi. 27-daqiqada va 28-daqiqada Yevgeniy Juk Fransiya darvozasiga uchinchi va to‘rtinchi gollarni urdi. Uch daqiqa ichida Daniil Abakshin Fransiya darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi va yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

OʻzR Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda FIFA prezidenti Janni Infantino final bosqichini kuzatishdi.

Eslatib o‘tamiz, mundial 14-sentabrdan 6-oktabrgacha respublikaning Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlarida o‘tkazildi.

Shuningdek