Srechko Katanes sog‘lig‘idagi muammolar sabab Eron va BAAga qarshi oʻyinlarda ishtirok etmaydi

eʼlon qilindi
Oldindagi ikkita muhim uchrashuvga terma jamoani yordamchi murabbiylar tayyorlaydi
Foto: O‘FA

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes Jahon chempionati 3-saralash bahslaridan oʻrin olgan Eron va BAAga qarshi oʻyinlarini oʻtkazib yuboradi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi axborot xizmati xabar berdi.

«Bosh murabbiyimiz Srechko Katanes salomatligi yomonlashgani sababli shifokorlar tavsiyasiga koʻra ushbu yigʻinda qatnasha olmaydi», – deyiladi xabarda.

Oldindagi ikkita muhim uchrashuvga terma jamoani yordamchi murabbiylar Alesh Chex hamda Vlado Radmanovich tayyorlaydi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasi JCh 3-saralash bosqichi 2-turidan keyin 6 ochko bilan guruhda Eron bilan peshqadamlik qilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Qirgʻizistonni 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchratgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek