Ali, WB, Ozon va Amazon: Kursiv Uzbekistanʼning marketpleyslar poygasida kim gʻolib bo‘ldi

eʼlon qilindi
Autsayder birinchi bo‘lib yetkazib berdi
Foto: Depositphotos.com

Marketpleyslar poygasida Amerikaning Amazon platformasi gʻolib boʻldi. Kompaniya 9-oktabr kuni soat 10:38 da Toshkentdagi qabul punktiga yetti kundan kam vaqt ichida 10 ming kilometrdan ortiq masofadan sumkani yetkazib berdi.

Xorijiy marketpleyslar poygasi Kursiv Uzbekistan tomonidan tashkil etilib, nashr Wildberries, Amazon, AliExpress va Ozon platformalaridan bir xil tushlik sumkasiga buyurtma berdi. Buyurtmalar bir xil vaqtda — 2024-yil 2-oktabr soat 13:00 da amalga oshirildi.

Poyga shartlari oddiy — qaysi Marketpleyslar Toshkentdagi qabul qilish punktiga sumkani birinchi boʻlib yetkazib bersa, oʻsha platforma gʻolib deb topiladi.

Amazon sumkani Toshkentdan 10 338 km uzoqlikda joylashgan Delaver shtatidagi Nyu-Kasl shahridagi tarqatish markazidan yetkazib berdi.

Foto: Kursiv Uzbekistan

Endilikda Ozon, Wildberries va AliExpress ikkinchi oʻrin uchun kurash olib boradi.

  • Ozon sumkani Yekaterinburgdagi tarqatish markazidan yetkazib beradi. Masofa — Oʻzbekiston poytaxtigacha 2344 km;
  • Wildberries — Moskva yaqinidagi Kaledindan — Toshkentgacha 3459 km;
  • AliExpress Guandun provinsiyasi, Fengan shahridan (XXR) — 4590 km.
Shuningdek