O‘zbekistonda oltinning narxi ketma-ket ikkinchi kun pasaydi

eʼlon qilindi
Hozirgi vaqtga kelib oltin quymalarining narxi 67 ming so‘mga pasaygan
Foto: dimdimich/Depositphotos

Joriy yilning 10-oktabr holatiga ko‘ra, 5 grammlik oltin quymasining narxi 5 mln 542 ming so‘mga baholanmoqda. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu ko‘rsatkich bir oy avval 5 mln 256 ming so‘mni tashkil qilgan edi. Mazkur davr ichida oltin quymalarining narxi 5,4 foizga o‘sgan.

5 grammlik oltin quymalarining narxi 8-sentabr holatiga ko‘ra, 5 mln 609 ming so‘mni qayd etgan edi. shu vaqtdan buyon oltin quymalarining narxida pasayish kuzatilmoqda. Hozirgi vaqtga kelib oltin quymalarining narxi 67 ming so‘mga pasaygan.

Naxrlardagi ushbu o‘zgarish jahon bozorda ham yuz bermoqda. LBMA taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 9-oktabr kuni kunduzgi vaqtda oltin quymalari $2617,55 ni tashkil qilgan bo‘lsa, kechki vaqtga kelib narx $2610,7 gacha tushgan.

Bundan tashqari, Comex savdo birjasida 10-oktabr 06:57 holatiga ko‘ra, so‘nggi savdo narxlari 2,631.90 ni tashkil qilgan.  

Avvalroq Kursiv Uzbekistan besh grammlik oltin quymasining narxi 5,6 mln so‘mdan oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek