O‘zbekiston Eron bilan 0:0 hisobidagi natijani qayd etdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Bu orqali terma jamoamiz 1 ochkoga ega bo‘ldi
«JCH – 2026» saralashidagi 3-bosqich 3-turida O‘zbekiston va Eron o‘yini 0:0 hisobida nihoyasiga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, o‘yin keskin bahslarga boy bo‘ldi. O‘yinning 57-daqiqasida Eldor Shomurodovga nisbatan qoʻpollik ishlatildi. Bosh hakam VAR’ni koʻrgach raqib terma jamoa o‘yinchisi Saleh Hardanini maydondan chetlashtirdi.
Oldinda terma jamoamizni 15-oktabrda Birlashgan Arab Amirligi bilan kechadigan bahs kutib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasining «JCH – 2026» uchinchi bosqichidagi raqiblari haqida yozgan edi.