O‘zbekiston yuk tashishni Yevropa qoidalari asosida yo‘lga qo‘yadi

eʼlon qilindi
ECMT tarkibida
Foto: Kesu01 / www.depositphotos.com

O‘zbekiston yuk avtomobil tashuvlarini mintaqalar oʻrtasida yoʻlga qoʻyish borasida Yevropa transport vazirlari konferensiyasiga qo‘shilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Joriy yilning 10-oktabr kuni transport bo‘yicha Yevropa guruhining Xalqaro transport forumi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi direktori Bekzod Xolmatov O‘zbekistonni ECMTga (European Conference of Ministers of Transport) qo‘shilishining muhimligi va «Sifat Xartiyasi» talablariga qay darajada mos kelishi bo‘yicha taqdimot qildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston ECMTning ko‘p tomonlama ruxsatnomalar tizimiga qo‘shilishi tashkilotga a’zo 43 ta davlat bilan ikki tomonlama va tranzit tashishlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Oʻzbekiston va Tojikiston tranzit tashuvlarini soddalashtirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek