Boks boʻyicha Qirgʻiziston terma jamoasi murabbiyini kim va nima uchun oʻldirmoqchi boʻldi

eʼlon qilindi
Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi dastlabki maʼlumotlarni berdi
Foto: yacobchuk1 // www.depositphotos.com

10-oktabr oqshomida Bishkekda yuz bergan otishmada boks boʻyicha Qirgʻiziston terma jamoasi katta murabbiyi Jildizbek Niyozaliyev ogʻir jarohat oldi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi dastlabki ma’lumotlarni berdi.

IIV xabariga koʻra, oʻsha paytda zalda murabbiyning oʻzi va yordamchisi boʻlgan boks zaliga Niyozaliyev bilan moliyaviy kelishmovchilik boʻlgan Xalqaro boks assotsiatsiyasining oliy toifali hakami Mukash Yrsaliyev kelgan.

Yrsaliyev oʻz iddaolarini aytib, Niyozaliyevning qorniga oʻq uzgan. Yordamchi murabbiy otishmani toʻxtatmoqchi boʻlgan, lekin uning oyogʻiga ham oʻq uzilgan.

Ular oʻrtasidagi janjalda kimdir tasodifan tepkiga tegib ketgan va oʻq Yrsaliyevning bosh qismiga tegishi oqibatida u voqea joyida vafot etgan. Niyozaliyev va yordamchi murabbiy shifoxonaga yotqizilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Niyozaliyev Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasiga Yrsaliyevga ustidan arz qilib, Bishkekdagi bozorlardan birida unga tegishli boʻlgan yer uchastkasini tortib olganlikda ayblagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek