McDonald’s Big Mak tovuqli versiyasini taqdim etdi

eʼlon qilindi
Bu kompaniyaning o‘n ichidagi eng yirik yangiligi
Foto: Bloomberg nashri

McDonald’s Amerika restoranlarida Big Mak tovuqli versiyasini taqdim etdi. Bu haqda Financial times nashri xabar berdi.

Ushbu yangilik kompaniyaning bir necha o‘n yillardan buyon mavjud bo‘lgan burgerdagi eng katta o‘zgarishlardan biri hisoblanadi.

McDonald’s bosh direktori kompaniya uchun 2025-yilning «oson bo‘lmasligini» kutayotganini ma’lum qildi.

Iyul oyida burger tarmog‘i so‘nggi to‘rt yil ichida birinchi marta bir do‘kondagi choraklik savdolarning pasayganini e’lon qildi. Bu iste’molchilarning bir necha yillik yuqori inflyatsiyadan keyin xarajatlarni qisqartirishi bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Kursiv Uzbekistan, McDonald’s Yaqin Sharqdagi mojarolar tufayli zarar ko‘rayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek