Ilon Mask Tesla CyberCab robotaksini taqdim etdi – video

eʼlon qilindi
Narxi taxminan $30 ming bo‘ladi
Foto: Tesla

«Tesla» kompaniyasi Tesla CyberCab robotlashtirilgan taksini taqdim etdi. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.

Robotaksi taqdimoti Kaliforniyadagi Warner Bros kinostudiyasida o‘tkazildi. Robotaksining yo‘lovchisi «Tesla» bosh direktori Ilon Mask bo‘ldi. Maskning ta’kidlashicha, avtonom mashina 2027-yilgacha sotuvga chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Mashinaning taxminiy narxi – $30 mingni tashkil etadi.

Bundan tashqari, Mask taqdimotda 20 kishigacha tashiy oladigan robofurgonni tanishtirdi, ammo u haqida batafsil ma’lumot bermadi.

«Avtonom tashishlar kelajagi allaqachon boshlandi», – dedi amerikalik milliarder taqdimotda.

Eslatib o‘tamiz, Mask 2025-yildan boshlab Tesla korxonalarida Optimus nomli odamga o‘xshash robotlar ishlashini aytgandi.

Shuningdek, Optimusning takomillashtirilgan modellariga yangi ko‘nikmalarni o‘rgatish imkoniyati mavjudligini ham istisno qilmadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Maskning boyligi 2027-yilga kelib bir trillionga yetishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek