Air Samarkand Samarqanddan Toshkentga parvozlarni yoʻlga qoʻydi

eʼlon qilindi
Parvozlar haftasiga ikki marta – juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi
Foto: Air Samarkand

Air Samarkand aviakompaniyasi Samarqand va Toshkent oʻrtasida muntazam qatnovlarni amalga oshira boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Kursiv Uzbekistanʼga xabar berdi.

Parvozlar haftasiga ikki marta – juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Chiptalar narxi 76,5 ming soʻmdan boshlanadi.

Shuningdek, yangi reyslarda yoʻlovchilar Air Samarkand aviakompaniyasi bilan Toshkentdan Sharm ash-Shayx va Abu-Dabiga sayohatni davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

Chiptalarni aviakompaniyasining rasmiy veb-saytidan, EasyBooking tarmoq agentliklarida va easybooking.uz veb-saytida, shuningdek, aviakassalardan xarid qilish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Air Samarkand BAAga parvozlarni amalga oshira boshlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek