Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Eronning yangi prezidenti bilan uchrashdi

eʼlon qilindi
Foto: President.uz

Ashxobod shahridagi xalqaro forum doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar muhokama qilindi.

Shuningdek, unda turli darajalardagi faol aloqalar va samarali almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ikki davlat rahbarlari kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va tezkor amalga oshirish, Imtiyozli savdo bitimi doirasidagi mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirishning ahamiyatini ta’kidladilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Maxtumquli Firog‘iy ijodi jahon adabiyotida ham alohida o‘ringa egaligi haqida so‘zlagan edi.

Shuningdek