O‘zbekistonlik sportchi triatlon bo‘yicha Osiyo chempionatida 2-o‘rinni egalladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Chempionat U15 va U17 yosh toifalarida bo‘lib o‘tdi
                    
                            
Gonkongda triatlon boʻyicha Osiyo chempionatining U17 yoʻnalishidagi bellashuvlarida hamyurtimiz Diana Bektemirova kumush medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur dasturda sportchilar 375 metrga suzish, 9 km velopoyga va 2,5 kmga yugurish boʻyicha kuch sinashdi. Bellashuvda Yaponiya vakilasi oltin medalni, mezbon atlet esa bronzani qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq taekvondo bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston oltin va bronzani qo‘lga kiritgan edi.
