BAA O‘zbekistonga noyob dori vositalari ishlab chiqarishda yordam beradi
eʼlon qilindi
Pullik yo‘l qurilishida investor ishtiroki ko‘rib chiqiladi
O‘zbekistonning BAAdagi elchisi Abdulaziz Akqulov va Amirlikning MBS Global Investments kompaniyasi direktori Ajmal Sharafuddi Hindistondan noyob dori vositalari yetkazib berish va ularni O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyatlarini muhokama qildi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, kompaniyaning Toshkent – Andijon pullik yo‘li qurilishidagi ishtiroki ham ko‘rib chiqilmoqda.
Noyabr oyida MBS Global Investments kompaniyasi vakillari hamkorlikni yanada muhokama qilish uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda dorixonalarda bepul dori-darmon olish mumkin bo‘lishi haqida yozgan edik.