Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi yangi elchisi tayinlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Nurimbetov 2023–2024-yillarda Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari lavozimida ishlagan
Foto: «Dunyo» axborot agentligi

Rahmatulla Nurimbetov Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Nurimbetov 2023-2024-yillarda Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari lavozimida ishlagan. U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (hozirgi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti) va Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Siyosiy fanlar doktori (DsC) darajasiga ega.

Mehnat faoliyatini esa Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida boshlagan. Nemis, ispan va ingliz tillarini mukammal biladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Pokistonga Oʻzbekistonning yangi elchisi tayinlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek