«Inter RAO» tranzit bilan bogʻliq muammolar tufayli Oʻzbekistonga elektr energiyasini yetkazib bermayapti

eʼlon qilindi
Eksport joriy yilning kuzida boshlanishi rejalashtirilgan edi
Foto: brianguest / Depositphotos

Rossiyaning «Inter RAO» energetika kompaniyasi Oʻzbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshlay olmayapti. Bu haqda kompaniya boshqaruvi a’zosi Aleksandra Panina ma’lum qildi.

«Qozogʻiston tarmoqlarga yetkazib berish qobiliyatini ta’minlamayapti. Lekin Qirgʻizistonga yetkazib berish davom etmoqda», – deya Panina vaziyatga oydinlik kiritdi.

Bungacha «Inter RAO» Oʻzbekistonga elektr energiyasi eksportini 2024-yil kuzida boshlashni rejalashtirgan edi. Oʻsha paytda Panina Ostona shu muddatga qadar Oʻzbekiston Respublikasiga olib boriladigan energiya resurslari hajmi boʻyicha rejalar ishlab chiqishini aytgan edi.

Oʻzbekiston Statistika agentligi ma’lumotlariga koʻra, joriy yilning sakkiz oyida Oʻzbekiston yillik oʻsish 10,5 foizga teng boʻlgan $88 millionlik elektr energiyasi xarid qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiya Federatsiyasining Dealan Energo kompaniyasi Oʻzbekistonga mikro GESlarni yetkazib berishni boshlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek