Markaziy bank asosiy stavkasini ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilishi sanasi ko‘chdi
Markaziy bank asosiy stavkasini ko‘rib chiqish bo‘yicha 2024-yil 24-oktabrga belgilangan boshqaruv yig‘ilishi sanasini ko‘chirish belgilandi. Bu haqda bankning matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilish sanasini ko‘chirishga sabab, Markaziy bank xalqaro moliya tashkilotlari hamda iqtisodiy istiqbollar bo‘yicha yangilangan prognozlarni inobatga olib qaror chiqarishni rejalashtirmoqda. Ular esa oktabr oyining ikkinchi yarmida e’lon qilinadi.
Shuningdek, bank tomonidan 2024-yil III choragi bo‘yicha mamlakatimizning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari oktabr oyining ikkinchi yarmida e’lon qilinishi ham e’tiborga olindi.
Ushbu holatlar sabab Markaziy bank asosiy stavkasini ko‘rib chiqish va pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqlash bo‘yicha navbatdagi tayanch yig‘ilishi joriy yilning 31-oktabrida o‘tkazilishi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy bank sentabrda asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirgani haqida xabar bergan edi. Bu qaror soʻnggi uch oyda umumiy inflyatsiya oʻzgarishsiz qolgan va avgust oyida yillik koʻrsatkich boʻyicha 10,5 foizni tashkil etgani bilan bog‘liq bo‘lgan.