«Kapitalbank»ning sof foydasi 18,3 foizga kamaydi
Joriy yilning uchinchi choragida «Kapitalbank»ning sof foydasi 921,9 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida e’lon qilindi.
Qayd etilgan ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,3 foizga kamroq.
2024-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, moliya tashkilotining kredit portfeli 30 trillion so‘mga yetdi, bu o‘tgan yildagiga nisbatan 27,3 foizga ko‘pdir. Muammoli kreditlar (NPL) ulushi 2,7 foizni tashkil etdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2024-yil ikkinchi chorak yakunlari bo‘yicha mamlakat banklarining yangi reytingi e’lon qilindi. Yirik banklar roʻyxatida birinchi oʻrindan «Kapitalbank» joy olgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Oliver Hyuz tomonidan 2025-yilda TBC Uzbekistan’ning sof foydasi $75 millionga yetishi prognoz qilingani haqida xabar bergan edi.