Wildberries yangi qurilish pudratchisi bilan shartnoma imzoladi

eʼlon qilindi
«VB Development» kompaniyasi bilan shartnomani bekor qildi
Foto: Wildberries

Wildberries kompaniyasi nazorat organlariga qurilish pudratchisini o‘zgartirgani haqida xabar bergan. Bu haqda Forbes ma’lum qildi.

Wildberries «VB Development» kompaniyasi bilan shartnomani bekor qildi. Bu kompaniya Wildberries’ning bosh direktori Tatiana Kimning sobiq eri Vladislav Bakalchukga tegishli edi.

Ma’lumot uchun, endilikda kompaniya obyektlariga «VB Engineering» xizmat ko‘rsatadi.

Sobiq pudratchi o‘z xizmatlarini bekor qilish to‘g‘risidagi xabarni sentabr oxirida olishi kerak edi, deya ma’lum qildi Wildberries.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Bakalchuk va Kim o‘rtasidagi nizolar haqida xabar bergan edi.

Shuningdek