Farg‘onada 44 ta, Toshkentda 13 ta iPhone 16 Pro Max noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

eʼlon qilindi
DXX, IIB hamda bojxona xodimlari tomonidan
Foto: Bojxona qo‘mitasi

Farg‘ona viloyatida umumiy qiymati 900 mln so‘mlik 44 dona iPhone 16 Pro Max rusumli telefonlarini noqonuniy ravishda olib kirmoqchi bo‘lgan haydovchi qo‘lga olindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, «Lacetti» rusumli avtomashinani ko‘zdan kechirish chog‘ida bojxonachilar bojxona hujjatlari bo‘lmagan smartfonlarni aniqladi.

Shuningdek, bojxona xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida 13 dona «Iphone 16 Pro Max» smartfonining noqonuniy olib kirilishiga chek qoʻyildi.

Ma’lumot uchun, havo yoʻllari orqali Oʻzbekistonga kirib kelayotgan yo‘lovchilar oʻzlari bilan 2 dona, poyezdda, avtomobilda yoki piyoda bo‘lsa (har 6 oyda 1 marotaba) 1 dona telefon olib kirishlari mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Toshkent aeroportidan 600 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek