Moldovada prezidentlik saylovida ikkinchi tur o‘tkaziladi

eʼlon qilindi
Mayya Sandu chet el aralashuvi haqida bayonot berdi
Foto: Anadolu

Moldovada prezidentlik saylovi va mamlakat Yevropa Ittifoqiga (YI) a’zo bo‘lish referendumida 90 foizdan ortiq byulletenlar sanab chiqildi. Reuters agentligi xabar berishicha, amaldagi davlat rahbari Mayya Sandu ovoz berish jarayoniga aralashuv bo‘lganini ma’lum qildi.

Byulletenlarning 92 foizini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, referendum ishtirokchilarining 52 foizi Yevropa Ittifoqiga kirishga qarshi, 47 foizi esa uni yoqlab ovoz bergan. Shu bilan birga, tahlilchilarning fikricha, integratsiya tarafdorlari hali g‘alaba qozonishi mumkin, chunki asosan, tarafdor diasporalarning ovozlari hali sanalmagan.

Prezidentlik saylovlarida Sandu 38 foiz ovoz yig‘di. Uning asosiy raqibi, mamlakatning sobiq bosh prokurori Aleksandr Stoyanoglo esa 28 foiz ovoz oldi. Bu ikkinchi tur o‘tkazilishini anglatadi. U 3-noyabrga mo‘ljallangan.

Sandu fuqarolarga murojaatida 300 ming saylovchini chet el kuchlari bilan hamkorlik qilayotgan jinoiy guruhlar tomonidan sotib olishga urinish dalillari mavjudligini aytdi. Mamlakat rahbari buni «misli ko‘rilmagan miqyosdagi firibgarlik» deb atadi.

Kursiv Uzbekistan fevral oyida Dnestrbo‘yi Rossiyadan yordam so‘raganini yozgan edi.

Shuningdek