Muxlislar vafot etgan One Direction vokalistiga Ostonada yodgorlik o‘rnatdi

eʼlon qilindi
Liam Peyn o‘tgan hafta vafot etdi
Foto: newstime.kz

Qozog‘iston poytaxti Ostona aholisi Buyuk Britaniya elchixonasi oldida One Direction guruhining sobiq vokalisti Liam Peynga bag‘ishlangan yodgorlik tashkil qildi, deb xabar beradi New Times portali.

Diplomatik vakolatxona oldiga gullar, qo‘shiqchining fotosuratlari, shamlar va ta’ziya so‘zlari yozilgan varaqalar olib kelindi.

Britaniya-Irlandiya One Direction guruhining 31 yoshli sobiq vokalisti Liam Peyn o‘tgan hafta vafot etdi. U Argentina poytaxti Buenos-Ayresdagi mehmonxonalardan birining balkonidan yiqilib tushdi.

One Direction guruhi 2010-yilda tashkil etilgan. Olti yil o‘tgach, jamoa o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Peyn yakkaxon artist sifatida faoliyat yuritdi va 2019-yilda LP1 albomini chiqardi.

Kursiv Uzbekistan musiqachining o‘limi bilan bog‘liq holatlar haqida yozgan edi.

Shuningdek