Quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan qancha elektr ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi

eʼlon qilindi
Yil boshidan buyon yashil elektr stansiyalari 1,2 milliard kub metr tabiiy gazni tejash imkonini berdi
Foto: XXLPhoto/Depositphotos

Joriy yil boshidan buyon quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 4 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bugungi kunga kelib mamlakatning 7 ta viloyatida umumiy quvvati 2,7GVt bo‘lgan 9 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda bitta shamol elektr stansiyasi «yashil» energiya ishlab chiqarmoqda.

Energetika vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, yil boshidan buyon yashil elektr stansiyalari 1,2 milliard kub metr tabiiy gazni tejash imkonini berdi va atmosferaga chiqariladigan gazlarni 1,7 million tonnagacha kamaytirdi.

Eslatib o‘tamiz, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalari 2022-yilda 434 mln kVt/soat, 2023-yilda esa 576,9 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqargan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan OTB O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi elektr uzatish liniyasini qurish uchun grant ajratgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek