O‘zbekiston gaz qazib olishni 5 foizga qisqartirdi

eʼlon qilindi
Statistika agentligi hisobotidan kelib chiqadi
Foto: photojimdp/ depositphotos.com

O‘zbekistonda gaz qazib chiqarish 2024-yil oktabr oyi boshida yillik 4,8 foizga pasaygan holda 33,4 mlrd kub metr gazni tashkil etdi. Bu haqdagi hisobot Statistika agentligi tomonidan e’lon qilindi.

Gaz qazib olishning pasayishi fonida mamlakatimiz yil davomida import qilinadigan mineral yoqilg‘i xaridini 59,2 foizga oshirib, $3 milliardga yetkazdi. Bu mablag‘ning $1,2 milliardi gazga to‘g‘ri keladi.

Avgust oyi oxirida Gazprom’ rahbari Aleksey Miller Rossiya konserni Markaziy Osiyo mamlakatlariga, shu jumladan, O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ko‘paytirganini ma’lum qildi.

To‘qqiz oy ichida gaz eksporti $479,5 millionni tashkil etdi, yillik o‘sish esa 16,5 foizga yetdi. TASS, Xitoyning Bojxona bosh boshqarmasiga tayanib yozishicha, yanvar – sentabr oylarida, O‘zbekiston Xitoyga $499 millionlik gaz yetkazib bergan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyaning «Gazprom neft» kompaniyasi O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish shoxobchalarini ochishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek