Malayziyaga tegishli Eksimbank O‘zbekistonda islomiy bank tashkil etishi mumkin

eʼlon qilindi
Moliyaviy resurslar bilan ta’minlash masalasini o‘rganiladi
Foto: Bizvantage360.com

O‘zbekiston elchixonasi rahbariyati Malayziyaning «Export-Import Bank of Malaysia» (Eksimbank) prezidenti va bosh ijrochi direktori Nurbayu binti Kasim Chang bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda «Dunyo» AA axborot agentligi ma’lum qildi.

Muloqotda Malayziya Eksimbanki rahbariyati bilan O‘zbekiston tijorat banklariga moliyaviy resurslarni ajratish va hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Nurbayu binti Kasim Chang O‘zbekistonning ulkan salohiyati, investitsiya muhiti, investorlarga yaratilgan sharoitlar haqida ta’kidlab o‘tdi.

Malayziya tomoniga O‘zbekiston moliyaviy sektoriga islomiy banking va sug‘urta (takaful) bozoriga birinchilardan bo‘lib kirish taklifi taqdim etildi. Eksimbanki prezidenti bu boradagi masalalarni o‘rganib chiqishga tayyorligini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Malayziya Eksport-import banki 1995-yilda tashkil etilgan. 2023-yilda bankning umumiy aktivlari qiymati $1,35 mlrd, jami kreditlar va moliyalashtirish aktivlari $1,07 mlrd, shundan $707 mln (66 %) an’anaviy va $363 mln (34 %) islomiy moliya aktivlari tashkil etadi. Ayni damda bankning moliyaviy xizmatlari dunyoning 53 ta mamlakatida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tadbirkorlar uchun bepul onlayn o‘quv kurslari tashkil etilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek