22-oktabr kuni respublikaning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi

eʼlon qilindi
Tog‘li hududlarda ham yomg‘ir yog‘adi
Foto: Aliya Halfina / Pixabay

Bugun, 22-oktabr kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida kun davomida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. O‘rtacha havo harorati 16-21 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.

Poytaxtda havo bulutli bo‘lib, kechga kelib yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi harorat 19 darajagacha ko‘tariladi, kechasi esa 11-13 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ham yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduz kuni havo 12-17 daraja iliq, kechasi esa 7-12 daraja salqin bo‘ladi.

Shuningdek