Oʻzbekistondagi ikkilamchi avtomobil bozorida holat qanday

eʼlon qilindi
Joriy yilning sentabr oyida oʻrtacha va koʻp foydalanilgan ommabop avtomobillar narxi sezilarli darajada pasaygan
Foto: UzAuto Motors

Oʻzbekistonda soʻnggi uch oy ichida foydalanilgan avtomobillar narxi oʻzgarib turdi. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining (MHTI) ma’lum qilishicha, avgust oyida narxlar iyul oyiga nisbatan oshgan, sentabrda esa pasaygan.

Foydalanilgan mahalliy avtomobillar Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark, Damas va Labo ishlatilgan muddatiga qarab turlicha baholanmoqda. Joriy yilning sentabr oyida oʻrtacha va koʻp foydalanilgan ommabop avtomobillar narxi sezilarli darajada pasaygan boʻlsa, kam foydalanilgan avtomobillar narxida sezilarli oʻzgarish kuzatilmadi.

Koʻp va oʻrta foydalanilgan Lacetti narxi sentabr oyida mos ravishda 2,8 va 2,1 foizga pasaygan, kam foydalanilgan avtomobillar esa atigi 0,8 foizga arzonlashgan.

Sentabr oyida Lacetti narxi avtomobilning yili va yurgan masofasiga qarab $13 044 dan $15 091 gacha boʻlgan. Kobalt — $11 488 dan $13 040 gacha, Spark — $8 818 dan $10 078 gacha, Malibu — $24 401 dan $29 390 gacha, Tracker — $16 647 dan $18 500 gacha baholanmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAuto Chevrolet Cobaltʼning yangilangan tashqi koʻrinishi bilan taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek