10 mingdan ortiq musiqachi va aktyorlar sun’iy intellekt ishlab chiquvchilarga murojaat qilishdi

eʼlon qilindi
Murojaatga qo‘shilganlar orasida Tom York va Julianna Mur bor
Foto: Unsplash

Taxminan 10,5 ming nafar aktyor sun’iy intellekt (SI) ishlab chiqaruvchilarga ochiq murojaat bilan chiqdi. Ijodiy ziyolilar neyrotarmoqlarni oʻqitish uchun badiiy asarlardan foydalanish xavfi haqida ogohlantirdi, deya xabar qildi The Guardian nashri.

«Ijodiy asarlarni generativ SIni oʻqitish uchun litsenziyasiz foydalanish bu asarlar ortida turgan odamlarning mablagʻ topish imkoniyatlari uchun jiddiy va asossiz xatardir», – deyilgan murojaatda.

Maktubda bunday badiiy asarlardan foydalanishga ruxsat berilmasligi kerakligi ta’kidlangan.

Xususan, murojaatga aktrisa Julianna Mur, ABBA guruhi a’zosi Byorn Ulveus va Radiohead guruhi a’zosi Tom York qo‘shildi.

Nashrning ta’kidlashicha, maktub texnik firmalar va rassomlar oʻrtasida SI modellarini oʻqitish uchun ularning asarlaridan foydalanish borasida sud jarayonlari boshlanishi fonida paydo boʻldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2023-yilda Gollivudda aktyorlarning raqamli dublyorlaridan ruxsatisiz foydalanish taqiqlanganini yozgan edi.

Shuningdek