Prezident BRICS sammitida ishtirok etish uchun Qozon shahriga tashrif buyurdi

eʼlon qilindi
Prezident qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozon shahriga keldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: President.uz

Unga ko‘ra, aeroportda Shavkat Mirziyoyevni Tatariston Respublikasi raisi Rustam Minnixanov, Qozon shahri meri Ilsur Metshin va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Foto: President.uz

Bugun O‘zbekiston prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi hamda BRIKS sammitining protokol tadbirlarida qatnashadi. Ertaga «BRIKS plyus» formatidagi sammitning asosiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliya prezidenti BRIKS sammitida ishtirok etmasligi haqida yozgan edik.

Shuningdek