Shavkat Mirziyoyev Tataristonning «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi – video

eʼlon qilindi
Ikki xalq do‘stligiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun
Foto: Prezident.uz

Qozon shahrida Tatariston raisi Rustam Minnixanov Shavkat Mirziyoyevni Tatariston Respublikasi davlat mukofoti «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: President.uz

Unga ko‘ra, prezidentga ushbu orden O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi hamkorlikni yuksaltirish, ikki xalq do‘stligi va hamkorligiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun topshirildi.

Video: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonning «Oltin Qiron» ordeni bilan taqdirlangan edi.

Shuningdek