Humo’ning sof foydasi 42,5 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Uchinchi chorak yakunlariga ko‘ra
Foto: Humo

Joriy yilning uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Humo to‘lov tizimining sof foydasi 119 milliard so‘mga yetdi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida ma’lum qilindi.

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 42,5 foizga ko‘pdir. Shuningdek, ushbu davr mobaynida kompaniyaning daromadi 44,7 foizga oshib, 222 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Bundan tashqari, To‘lov tizimining aktivlari ikki barobarga oshib, 394 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Xuddi shu tarzda operatsion xarajatlar ham o‘sgan, rentabellik ko‘rsatkichi esa deyarli o‘zgarmagan.

2024-yil aprel oyida Humo to‘lov tizimini xususiylashtirish rejalashtirilgani ma’lum bo‘lgan edi. To‘lov tizimini sotib olishga oltita kompaniya, jumladan, Qozog‘istonning Kaspi kompaniyasi da’vogarlik qilmoqda. Investorlarning takliflari 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan «Kapitalbank»ning sof foydasi 18,3 foizga kamaygani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek